Xorazm viloyati, Gurlan t ,Guliston QFY Navro'z mahallasi, X.Ergaliyev ko'chasi, 1-uy

O‘rganish davomida universitetning Kimyoviy texnologiyalar va Texnika fakultetlaridagi laboratoriya va o‘quv infratuzilmasi, arxitektura loyihalari, avtomobil va transport tizimlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi. Mazkur fakultetlarda zamonaviy ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalar taqdim etildi.
Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish o‘tkazilib, oliygohlarda talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi, profilaktik va ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Yoshlar kuni” doirasida universitet talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Talabalar taklif va savollariga batafsil javoblar berildi, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. (https://t.me/URDU_PRESSA/76416) 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Gurlan t ,Guliston QFY Navro'z mahallasi, X.Ergaliyev ko'chasi, 1-uy
  • +998 (97) 790-77-45
  • info@gurlan2-khm.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Manzili