Xorazm viloyati, Gurlan t ,Guliston QFY Navro'z mahallasi, X.Ergaliyev ko'chasi, 1-uy




Seminarda Sport vaziri Adkham Ikramov, hamkor vazirlik va idoralar vakillari, respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari sport klub rahbarlari va o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda. Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimizning joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqoti bo‘lib o‘tgan edi.
Ushbu muloqot davomida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda o‘quv seminarida Sport vazirligi va tegishli vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda joriy yilda ilk marotaba 3 bocqichda tashkil etiladigan sport musobaqalari, xususan  “Besh  tashabbus  olimpiadasi”,  “Yangi  O‘zbekiston  talabalari  Olimpiadasi” hamda  “Talabalar ligasi” sport musobaqalariga yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat, nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari talabalarini qamrab olish masalalari muhokama qilindi.
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida musobaqalar 7 ta sport turi bo‘yicha tashkil etiladi. Mazkur sport musobaqalari  talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qiladi. 
Ushbu o‘quv seminari 14-mart kuniga qadar davom etadi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Gurlan t ,Guliston QFY Navro'z mahallasi, X.Ergaliyev ko'chasi, 1-uy
  • +998 (97) 790-77-45
  • info@gurlan2-khm.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Manzili