Xorazm viloyati, Gurlan t ,Guliston QFY Navro'z mahallasi, X.Ergaliyev ko'chasi, 1-uy

Moskva shahrida Xalqaro rus tili tashkiloti (MORYA)ning vazirlar darajasidagi birinchi konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchi davlatlar delegatsiyalari, sohaviy vazirliklar rahbarlari hamda ekspertlar ishtirok etib, tashkilotning amaliy faoliyatini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan muhim masalalarni muhokama qildi. Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etib, ishtirokchilarga murojaat qildi. Oʻz nutqida u xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, gumanitar aloqalarni kengaytirish hamda rus tilining taʼlim, fan va madaniy muloqotdagi ahamiyatini taʼkidladi. 
Qayd etilganidek, mazkur konferensiya xalqaro madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, taʼlim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, yangi loyihalar va tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim maydon vazifasini oʻtaydi. Oʻzbekistonda tillar siyosati millatlararo totuvlik, tenglik va oʻzaro hurmat tamoyillariga asoslanishi taʼkidlandi. 
Konferensiya kun tartibiga muvofiq, tashkilotning institutsional faoliyatini shakllantirishga oid qator masalalar koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston tomoni tashkilot doirasida faol ishtirok etish va rus tilini ilm-fan, madaniyat va kasbiy muloqot tili sifatida rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Konferensiya ishtirokchilari mazkur uchrashuvni davlatlar oʻrtasidagi gumanitar hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beruvchi muhim qadam sifatida baholadilar.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Gurlan t ,Guliston QFY Navro'z mahallasi, X.Ergaliyev ko'chasi, 1-uy
  • +998 (97) 790-77-45
  • info@gurlan2-khm.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Manzili