



Shuningdek, tadbir doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti, Jizzax politexnika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan o‘zbek talabalarini Obuda universitetiga qabul qilish bo‘yicha alohida kelishuvlar rasmiylashtirildi.Mazkur kelishuvlar ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuvni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va muhandislik hamda yuqori texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.