Xorazm viloyati, Gurlan t ,Guliston QFY Navro'z mahallasi, X.Ergaliyev ko'chasi, 1-uy

Jizzax viloyatida Oʻzbekiston va Vengriya hamkorligida tashkil etilgan INNO Science Park ilmiy-innovatsion parkining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari Zafar Azimov, Vengriyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja, Vengriya Rektorlar konferensiyasi prezidenti Bela Merkeli, Obuda universiteti rektori Levente Kovach, shuningdek, ikki mamlakatning oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.
INNO Science Park doirasida muhandislik, energetika, sunʼiy intellekt, mashinasozlik, elektronika va avtomatlashtirish, uchuvchisiz uchish apparatlari, materialshunoslik, kimyoviy texnologiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi hamda tibbiy texnologiyalar kabi ustuvor yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, park hududida zamonaviy laboratoriyalar, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan biznes-inkubator va akselerator mexanizmlari tashkil etiladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Gurlan t ,Guliston QFY Navro'z mahallasi, X.Ergaliyev ko'chasi, 1-uy
  • +998 (97) 790-77-45
  • info@gurlan2-khm.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Manzili